{"id":461,"date":"2018-11-10T10:54:22","date_gmt":"2018-11-10T10:54:22","guid":{"rendered":"https:\/\/stanislavstratiev.org\/library\/?page_id=461"},"modified":"2019-04-24T04:21:03","modified_gmt":"2019-04-24T04:21:03","slug":"shaxsiy-fikrim-qani","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/stanislavstratiev.org\/library\/?page_id=461","title":{"rendered":"Shaxsiy fikrim qani"},"content":{"rendered":"<p>Ertalab Petrov bir qultum qahvasini ichdi-yu, xotinining peshonasidan o\u2018pib, ishga otlanmoqchi bo\u2018lib, ostonaga yetganda hayallab, cho\u2018ntaklarini kovlashtira boshladi.<br \/>\n\u2014 Nimangni izlayapsan? \u2014 dedi xotini.<br \/>\n\u2014 Fikrim&#8230; mening fikrim&#8230; topilmayapti, \u2014 dedi Petrov kiyimlarini paypaslab, kissalarini kovlashda davom etarkan. \u2014 Qayoqqa tiqdim ekan-a!<br \/>\n\u2014 Anovi cho\u2018ntagingdagi shalvirab turgan nima?<br \/>\n\u2014 Dastro\u2018molcham, \u2014 ming\u2018irladi Petrov. \u2014 Fikrim qayoqqa daf bo\u2018ldiykin-a?<br \/>\nU barcha cho\u2018ntaklarini ag\u2018darib ko\u2018rdi, portfelini titkiladi, kiyimlarini qoqishtirib ko\u2018rdi \u2014 topolmadi.<br \/>\n\u2014 Yo\u2018q, \u2014 dedi u xotiniga. \u2014 Sen bilmaysanmi, qayoqqa g\u2018oyib bo\u2018lganikin?<br \/>\n\u2014 Yaxshisi, hovliqmasdan, astoydil izlab ko\u2018r.<br \/>\nPetrov yana cho\u2018ntaklarini birin-ketin kovlashga tushdi. Afsuski, hech qaerda uning shaxsiy fikri yo\u2018q edi.<br \/>\n\u2014 Shoshmay tur-chi, \u2014 deya xotini peshonasini tirishtirdi. \u2014 Oxirgi marta sen uni o\u2018tgan yili, yanvar oyida eslagandek bo\u2018luvding, shekilli. Korxonangda yillik reja tasdiqlanadigan kuni-chi?<br \/>\n\u2014 Yo\u2018q, xotin, adashyapsan. Men hali aqldan ozganim yo\u2018qki, yillik reja muhokamasiga shaxsiy fikrim bilan borsam!..<br \/>\n\u2014 Hmm&#8230; Ha, aytmoqchi! Keyin vazirlikka chaqirishuvdi-ku? Ehtimol, fikringni o\u2018shanda obketgan bo\u2018lma tag\u2018in?<br \/>\n\u2014 Nimalar deyapsan, xotin? Vazirlikka kim ham o\u2018z fikri bilan boradi, a? Shunday nufuzli joyda, odatda, o\u2018zgalarning fikriga qo\u2018shilasan, bas! Yo\u2018q, u gal fikrimni obketmaganman.<br \/>\n\u2014 Unda qayoqqa gumdon bo\u2018ladi? Aslida bormidi o\u2018zi?<br \/>\n\u2014 Bor edi, bor edi, mana, endi yo\u2018q.<br \/>\n\u2014 Yopiray! Savil qolgur fikring qaysi kavakka kirib ketdiykin, a?<br \/>\nXotini chuqur o\u2018yga toldi. Eri so\u2018nggi paytlarda qaerlarga boruvdi, o\u2018zi bilan o\u2018z fikrini qachon obketuvdi?<br \/>\n\u2014 O, topdim! \u2014 deb qiyqirib yubordi xotini. \u2014 Esingdami, Bosh direktoringga tishini qayrab yurgan Simeonov degan shartaki xodimlaring bor edi-ku, o\u2018shani ishdan bo\u2018shatadigan kun esingdami? Fikringni o\u2018sha kungi majlisga obketgansan. Yodingga tushdimi?<br \/>\n\u2014 Yodimda, \u2014 dedi Petrov bamaylixotir. \u2014 Lekin o\u2018shanda bizdan majlis qarorini qo\u2018llab-quvvatlashgina so\u2018ralgan, xolos. Shaxsiy fikr hech kimni qiziqtirmagan.<br \/>\nXotini javonini ochib ko\u2018rdi.<br \/>\n\u2014 Balki sen uni muhim hujjatlaring saqlanadigan g\u2018aladonga solib qo\u2018ygandirsan?<br \/>\n\u2014 Qo\u2018ygandim. So\u2018ng bir marta olish uchun ochib&#8230; oldimmi yo yana solib qo\u2018ydimmi, esimda yo\u2018q.<br \/>\n\u2014 Menga qara, shu tobda shaxsiy fikring nega kerak bo\u2018p qoldi? Nega yopishib olding? Axir, ishga ketyapsan-ku? So\u2018rab qolsalar, \u201cuyda qopti\u201d, deb aytarsan-da.<br \/>\n\u2014 Xo\u2018p, aytarman. Mabodo, uni mutlaqo yo\u2018qotib qo\u2018ygan bo\u2018lsam-chi?<br \/>\n\u2014 Qiyomat qo\u2018pmas! Uningsiz ham binoyidek yashab kelyapsan-ku!<br \/>\n\u2014 To\u2018g\u2018riku-ya&#8230; Har holda, doim uningsiz yashash ham yaxshimas. Biror nozik joyda kerak bo\u2018p qolsa, nima degan odam bo\u2018laman?<br \/>\n\u2014 Kerak bo\u2018lmaydi-yov&#8230;<br \/>\n\u2014 Yo\u2018q, har holda, har holda&#8230; Biror joyda bordir u? Hech bo\u2018lmasa, bir qur qarab ko\u2018raylik-chi!..<br \/>\nXotini shiddat bilan kiyim-kechak, ko\u2018rpa-to\u2018shaklarni ag\u2018darishga tushib ketdi&#8230;<br \/>\n\u2014 Mana u! \u2014 dedi xotini terlarini arta-arta. \u2014 Sen uni eski paltongning cho\u2018ntagida qoldiribsan. Bu paltoni, bilasanmi, ikki yil oldin chiqitga chiqarib tashlovding.<br \/>\n\u2014 To\u2018ppa-to\u2018g\u2018ri, shaxsiy fikrim! \u2014 quvonib ketdi Petrov. \u2014 Ikki yil oldin opchiqqan ekanman-u, yana o\u2018sha joyida paqqos unutib qoldiribman-a?<br \/>\n\u2014 Men paltoni yuvishga topshirvorgandim-ov. Bu yoqqa ol-chi, kirmoshinda fikring ivib, titilib ketmadimikin? \u2014 Shunday deb xotini aylantirib-aylantirib, silkib-silkib, puflab-puflab eriga fikrini qaytarib berdi. \u2014 Yo\u2018q, jin ham urmabdi. Aksincha, xuddi yangidek.<br \/>\n\u2014 Albatta-da, men undan deyarli foydalanmadim, axir.<br \/>\n\u2014 To\u2018g\u2018ri qilasan. Menam paltongni bolaxonaga chiqarib tashlamoqchiydim. Baribir kiymaysan-ku!<br \/>\n\u2014 Menda yangisi bor-ku. Pochapo\u2018stin.<br \/>\n\u2014 Endi fikringni boshqa, ko\u2018rinarli joyga qo\u2018y. Qutichagami, hujjatlaringning orasigami? Yaxshisi, eng ishonchlisi \u2014 omonat daftarchangning qatiga joylab qo\u2018ya qolganing durust.<br \/>\n\u2014 Shunday qilaman!<br \/>\nPetrov shaxsiy fikrini daftarcha qatiga joyladi-yu, xotinining peshonasidan o\u2018pib, mamnun holda eshikdan chiqdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Ahmad Oqnazarov tarjimasi<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ertalab Petrov bir qultum qahvasini ichdi-yu, xotinining peshonasidan o\u2018pib, ishga otlanmoqchi bo\u2018lib, ostonaga yetganda hayallab, cho\u2018ntaklarini kovlashtira boshladi. \u2014 Nimangni izlayapsan? \u2014 dedi xotini. \u2014 Fikrim&#8230; mening fikrim&#8230; topilmayapti, \u2014 dedi Petrov kiyimlarini paypaslab, kissalarini kovlashda davom etarkan. \u2014 Qayoqqa tiqdim ekan-a! \u2014 Anovi cho\u2018ntagingdagi shalvirab turgan nima? \u2014 Dastro\u2018molcham, \u2014 ming\u2018irladi Petrov. \u2014 Fikrim &hellip; <\/p>\n<p class=\"link-more\"><a href=\"https:\/\/stanislavstratiev.org\/library\/?page_id=461\" class=\"more-link\">Continue reading<span class=\"screen-reader-text\"> &#8220;Shaxsiy fikrim qani&#8221;<\/span><\/a><\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"parent":458,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-461","page","type-page","status-publish","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/stanislavstratiev.org\/library\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/461","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/stanislavstratiev.org\/library\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/stanislavstratiev.org\/library\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/stanislavstratiev.org\/library\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/stanislavstratiev.org\/library\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=461"}],"version-history":[{"count":8,"href":"https:\/\/stanislavstratiev.org\/library\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/461\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":648,"href":"https:\/\/stanislavstratiev.org\/library\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/461\/revisions\/648"}],"up":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/stanislavstratiev.org\/library\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/458"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/stanislavstratiev.org\/library\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=461"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}